MYU AQSHdagi turnega yo'l olgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2023
"Qizil iblislar" kecha Shotlandiyaning Edinburg shahrida "Lion"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

"Manchester Yunaytnd" o'zining Amerika turini Nyu-Jersidagi "Metlayf" stadionida boshlaydi. Raqib esa – "Arsenal". 

Amerikaga jo'nagan tarkibda jamoa yangi futbolchisi Meyson Maunt , shuningdek, jarohatdan qaytib, Edinburgda o'ynagan Antoni va Donni van de Bek ham bor.

Fred ro'yxatdan tushib qolgan. Braziliyalik futbolchi shaxsiy muammolari tufayli Manchesterda qoladi va tarkibga keyinroq qo'shiladi. 

Himoyachilar Tayrell Malasiya va Ris Bennett jarohat tufayli yig'inni o'tkazib yuborishadi.

Darvozabonlar: Natan Bishop, Tom Xiton, Din Xenderson, Radek Vitek;

Himoyachilar: Diogu Dalot, Alvaro Fernandes, Viktor Lindelyof, Harri Maguayr, Lisandro Martines, Lyuk Shou, Rafal Varan, Aaron Uan-Bissaka, Brendon Uilyams;

Yarim himoyachilar: Amad Diallo, Antoni, Kazemiro, Kristian Eriksen, Brunu Fernandesh, Den Gor, Gannibal Mejbri, Kobbi Maynu, Skott Maktominey, Meyson Maunt, Fakundo Pelistri, Jeydon Sancho, Donni van de Bek;

Hujumchilar: Antoni Elanga, Omari Forson, Alexandro Garnacho, Antoni Marsyal, Markus Reshford.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com