MYU Amorimga iste'fo uchun 10,05 mln funt to'lab berishi kerak

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2026
"Manchester Yunayted" uchun Ruben Amorimning iste'fosi qanchaga tushishi ma'lum bo'ldi.

talkSPORT nashrining xabariga ko'ra, 2024 yilning noyabr oyida tayinlangan portugaliyalik mutaxassisning maoshi yiliga 6,7 million funtni tashkil qilgan. U "Yunayted"dagi faoliyati davomida 7,8 mln funt ishlab topgan.

Shartnoma shartlariga ko'ra, murabbiy iste'foga chiqarilgach, klub unga kontraktdagi qolgan barcha summani to'lab berishi shart. Bu miqdor 10,05 mln funtni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Amorim tayinlanayotgan vaqtda "Yunayted" "Sporting"ga 9,5 mln funt tovon puli to'lagan edi. Shu tariqa, Amorim MYUga jami 27,35 mln funtga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT