MYU 75 million evrolik xaridni amalga oshirishga yaqin

Alisher
24 iyul 2019
"Manchester Yunayted" "Lacio" bilan Sergey Milinkovich-Savich borasida kelishib oldi.

Tomonlar futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishishdi. Manchesterliklar futbolchi uchun 75 million evro to'lashadi.

O'yinchi "qizil iblislar" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Serbiya terma jamoasi a'zosi joriy mavsum klubi safida 41ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi hamda 3ta assistni o'z hisobiga yozib qo'yishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Milinkovich-Savich "Lacio" safiga Belgiyaning "Genk" klubidan kelib qo'shilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport