MYU 35 million evrolik transferni amalga oshirishga tayyor

Alisher
17 iyul 2022, 11:24
"Manchester Yunayted" PSV xavbeki Ibrahim Sangarega qiziqmoqda.

Jurnalist Rudi Galettining xabariga ko'ra, klub rahbariyati 24 yoshli o'yinchining xaridiga qiziqmoqda.

MYU uning transferi uchun 30-35 million evro to'lashga tayyor.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum Niderlandiya chempionati doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti