MYU – 2020 yil Twitter'da eng ko'p muhokama qilingan futbol klubi. “Barsa” – “Bavariya” (2:8) uchrashuvi esa eng ommabop sport voqeliklari qatorida

Eldor Akmurzayev
9 dek 2020
Twitter ijtimoiy tarmog'i 2020 yil eng ko'p muhokama qilingan sport klublarini e'lon qildi.

Futbol jamoalari ichida “Manchester Yunayted” peshqadamga aylandi.

TOP-10 reyting esa quyidagicha:

1. "Los-Anjeles Leykers", basketbol;

2. "Manchester Yunayted", futbol;

3. "Barselona", futbol;

4. "Los-Anjeles Dojers", beysbol;

5. "Real" Madrid, futbol;

6. "Liverpul", futbol;

7. "Flamengo", futbol;

8. "Arsenal", futbol;

9. "Chelsi", futbol;

10. PSJ, futbol.

Joriy yil Twitter'da eng ko'p muhokama qilingan sport voqeliklari esa “Kanzas-Siti” va “San-Francisko” o'rtasidagi Superboul, YCHL finali PSJ – “Bavariya” (0:1) va 1/4 bosqichi uchrashuvi “Barselona” – “Bavariya” (2:8) bo'ldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Twitter