"Traktor" – "Mohun Bagan" uchrashuvi bekor qilindi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024
Osiyo Chempionlar Ligasi 2 "A" guruhi 2-turidan o'rin olgan "Traktor" – "Mohun Bagan" bellashuvi bugun o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Bunga Hindiston klubining mavjud vaziyat tufayli Eron Islom Respublikasiga borishni xohlamagani sabab bo'lgan. 

Osiyo futbol konfederatsiyasining ma'lum qilishicha, bu masala tegishli qo'mitalarga yuboriladi va uning natijasi keyinroq e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuv Tabrizdagi "Yodigor Imom" stadionida 21:00 da start olishi lozim edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: the-afc.com