Muxlislar uchun "Nasaf" - "Li Man" o'yiniga kirish necha pulga tushadi?

"Nasaf" – "Li Man" uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi.

 Bu haqda "ajdarlar" matbuot xizmati xabar bermoqda:

"Sevimli jamoamiz OFK Kubogi yarim final bahsida Gonkongning “Li Man” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv chiptalari bugundan sotuvga chiqarildi. 

Chiptalarni hoziroq o'yingoh kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. 

1. CIP sektor - 50 000 so'm.

2. Markaziy sektorlar -20 000 so'm.

3. Darvozlarning orqa tarafida joylashgan sektorlar uchun chipta narxi 15 000 so'm qilib belgilangan".

Ma'lumot uchun, OFK kubogi yarim final bahsi Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.


Manba: championat.asia