Muxlislar talqini bo'yicha Bundesligada mavsum futbolchisi aniqlandi. Bu Levandovski emas

Eldor Akmurzayev
25 may 2021
“Borussiya D” forvardi Erling Xoland muxlislar ovoziga ko'ra, Germaniya chempionatida 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

20 yoshli norvegiyalik Bundesligada 28 o'yinda qatnashib, 27+6 natijaga erishdi. U musobaqa to'purarlari ro'yxatida Andre Silva (28 gol) va Robert Levandovski (41)dan ortda qolib, uchinchi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, dortmundliklar mamlakat chempionatini 3-o'rinda yakunlashdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/BlackYellow