
"Hokim kubogi" musobaqasida turli yoshdagi jamoalarimiz muntazam ishtirok etib kelishadi. Bu musobaqa mavsumoldi tayyorgarlik vazifasini o'tab beruvchi yaxshi turnir. "Hokim kubogi" musobaqasiga Alisher Mahmudov bosh murabbiyligidagi "Navbahor" U-21 jamoamiz ishtirok etmoqda.

Yoshlar jamoalarimiz oldidagi vazifa klubimizning asosiy tarkib jamoasi uchun munosib futbolchilarni etkazib berishdan iborat. Aytib o'tganimdek, U-21 jamoamizda Alisher Mahmudov bosh murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. U-19 jamoamizda tajribali mutaxassis Usmon Asqaraliev ishlab kelmoqda. Shuningdek, A'zam Rejabaliev ham yoshlar jamoamizda faoliyat olib boradi.

"Navbahor" qaysi musobaqada ishtirok etmasin, har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib keladi. Bu klubda 17 yil o'ynaganman, mana kuni kelib texnik direktor vazifasida ishlab kelayapman. Biz barchamiz "Navbahor"da ekanimizdan, shu jamoada mehnat qilayotganimizdan faxrlanamiz" - deydi Mustafo Bayramov.
Ma'lumot uchun, 17 yil "Navbahor"da o'ynagan Mustafo Bayramov jami 7 yil davomida jamoa sardori bo'lgan. Shu yillar mobaynida jami 600 ta o'yinda maydonga tushgan.
Bekzod Tolibov yozib oldi