

Uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab namanganliklar ustozi Mustafo Bayramov qatnashdi.
- Nasaf bugun bizdan har tomonlama kuchliligini namoyish etdi va hisob o'yinga mos bo'ldi, deb o'ylayman – deya ilk fikrlarini bildirib o'tdi Mustafo Jeferovich.
- Jamoa muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoa tarkibi bir necha yillardan beri birga to'p tepmoqda va tarkibda yaxshi ijrochilar yig'ilgan.
- Bizning jamoa bugun nafaqat himoyachilar balki butun jamoa bo'sh o'yin ko'rsatdi. Gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik.



