Mustafo Bayramov: “Bosh murabbiy Robert Gay, betobligi sababli uchrashuvda ishtirok etmadi”

Gulistondagi o'yindan so'ng, “Navbahor” murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan Mustafo Bayramov uchrashuv to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Kuzatgan bo'lsangiz, uchrashuv o'ta qizg'in va murosasiz tarzda kechdi. Bugungi raqiblarning kuchi teng edi. Afsuski, futbolchilar yaratilgan xavfli vaziyatlarni yo'qqa chiqarishdi. Agarda imkoniyatlardan to'liq foydalanganimizda uchrashuvda g'alaba qozonardik.

- Kezi kelganda gulistonliklarning posboni mahoratiga tan bermasdan ilojimiz yo'q. Bir necha bor jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. “Guliston” ishchi jamoa ekanligi hech kimga sir emas. Maydon egalariga uch ochko juda zarur edi. Uchrashuvda yigitlarga gulistonlik himoyachi baland bo'yli Bobur Akbarovni qo'riqlashlarini aytgandim. Biroq himoyachimiz Timur Yafarov buni uddalay olmadi.

- Endi bosh murabbiy Robert Gay xususida to'xtaladigan bo'lsam, betobligi sababli uchrashuvda ishtirok etmadi. “Guliston” futbolchilari va maxalliy ishqibozlarni g'alaba bilan qutlayman.

Manba: fcguliston.uz