Mussa Sissoko "Monako"ga o'tishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
6 iyul 2014
"Monako" rahbariyati "Nyukasl" futbolchisi Mussa Sissokoni o'z saflariga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, yaqin vaqtlar ichida Fransiya vice-chempionlari angliyaliklarga futbolchi masalasida rasmiy taklif jo'natmoqchilar.
24 yoshli futbolchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda o'z nihoyasiga etadi.
Bundan tashqari futbolchi uchun Angliyaning yana bir jamoasi "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net