

U "Sepaxan" bilan Turkiyada mashg'ulotlarda qatnashdi. O'tkazilgan uch nazorat o'yinining barchasida dastlabki daqiqalardan maydonga tushirildi. Bu uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
"Cepaxan" Trinidad va Tobago olimpiya 1:2
"Sepaxan" "Mersinspor" 2:0
"Sepaxan" "Oltin O'rdu" 3:3
Eron chempionati 30 iyul kuni start oladi. Shu kuni isfaxonliklar Xuzistonning "Istiqlol" jamoasini qabul qilishadi. Chempionat bahslari fevral oyida yakuniga etadi. Bunga sabab terma jamoaning o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish, o'ta issiq paytda va Ramazon oyiga yaqin muddatda uchrashuvlar o'tkazmaslikdir.



