Murod Otajonov: "Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bizga yetishmadi"

Administrator
25 iyun 2023
Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Murod Otajonov alamli mag'lubiyat haqida gapirib o'tdi.


- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz qanday?

- O'zingiz ko'rdingiz, juda og'ir o'yin bo'ldi. Aynan o'yin so'ngida g'alabani boy berish juda alamli. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bugungi uchrashuv uchun yigitlarga rahmat aytaman.

- Bugun tribunalarda "Bunyodkor" jamoasi fan klubi ko'rinmadi. Biz eshitgan habarlarga ko'ra, muxlislar jamoasi va klub o'rtasida muammo yuzaga kelgan...

- To'g'risi, men bunday xabardor emasman. Muxlislar qo'llab-quvvatlashi bizga yetishmadi. Bugun faqatgina maydonga chiqqanimizdan so'ng ushbu holat guvohiga aylandim. 

"Bunyodkor" klubi matbuot kotibi: Fan klub rahbari o'z xohishiga ko'ra ishdan ketmoqchi. Qisqa muddat ichida fan klubga yetakchi topilmadi. Muammo aynan shunda bo'ldi. Klub va muxlislar o'rtasidagi moliyaviy muammo haqidagi gaplar bu tushunmovchilik, xolos.

- Jafar Irismetov "Bunyodkor" klubi direktori lavozimiga tayinlanishi haqidagi habarlar tarqaldi. Bu qanchalik rost?

- Habarim yo'q, ko'p habarlar eshitamiz lekin ularning hammasi ham rost bo'lavermaydi. Rahbariyatimizda o'zgarishlar bo'layotgani esa rost xabar.

- "Bunyodkor" mavsum davomida o'z maydonida g'alaba qozona olmayapti. "Bunyodkor" o'z o'yida o'ynashga qiynalmoqdami?

- So'nggi uchrashuvlarda g'alaba qozona olmayapmiz. O'y o'yinlarimiz ham bunday istisno emas. Qayerda o'ynashimiz farqi yo'q, muhimi g'alaba qozonoshimiz kerak.

- Bugun jamoaning yagona golida ishtirok etgan futbolchilar zaxiraga olindi. Bugungi uchrashuvda amalga oshirilgan o'zgarishlarda, murabbiy xatoga yo'l qo'ydimi?

- Balki xatoga qilgandurman, lekin Abdumannonovda jarohat bor edi. O'yindan avval u bugungi uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida edi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia