Murod Ismoilov (“Neftchi” bosh murabbiyi): - O'yin har ikkala jamoa uchun ham og'ir bo'lib o'tdi. “Qizilqum” jamoasi Farg'onaga yaxshi tayyorgarlik bilan kelganligini aytib o'tishimiz kerak. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, ko'p imkoniyatlardan foydalana olmadik. Shogirdlarim bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Bizga vaziyatlarni yakunlashda ozgina sovuqqonlik etishmadi deb o'ylayman. Raqib jamoa asosan qarshi hujum taktikasida harakat qildi.
- Bu o'yinda shogirdlarimni ayblay olmayman. Ular qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. Bugungi o'yinda 3 ochko uchun maydonga tushgandik. Afsus g'alaba qozona olmadik.
- Zaxiradan maydonga tushganlar ichida Smolyachenko va Fomin o'yinga kirishib keta olishmadi. Zohid Abdullaevda bir qancha imkoniyatlar buldi. Lekin u ham imkoniyatlardan foydalana olmadi.
- Jamoamizda o'yinni o'z qo'liga oladigan yetakchi uyinchi etishmayotgandek tuyulyapti. Melziddinov ham, Onika ham yetakchilik rolini bajara olishmayapti. Keyingi uyinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
Komiljon Ikromov yozib oldi.