Murod Bobojonov nima uchun testdan o'ta olmagani ma'lum qilindi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2018
Qishki yig'in chog'ida "Neftchi" safiga qaytgan xorazmlik hujumchi Murodbek Bobojonov "Nasaf"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Bugun matbuotda Bobojonovni normativ testlarini topshira olmaganligi haqida xabarlar berildi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati mazkur vaziyatga oydilik kiritadi: O'tgan mavsumda "Loko" safida to'p surgan Bobojonov toshkentliklarning yig'inida jarohat olgandi va salomatligi hali to'liq tiklanmasdan "Neftchi"ning Toshkentdagi yig'iniga qo'shildi. Futbolchi jamoaning nafaqat Toshkentdagi balki chempionat startiga qadar bo'lib o'tgan barcha mashg'ulotlarida to'liq ishtirok etmadi. Shu sabab o'yinchi mavsumning ilk turini o'tkazib yuboradi. O'yinchida jarohat borligi uchun uning normativ testlari muvaffaqiyatli natija bermagan. Murod Bobojonov jarohatdan tiklangach   normativ testlarni qaytadan topshiradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz