Murabbiylar, futbolchilar va sobiq futbolchilar "Oltin to'p"ni Messiga berishyapti

Aslanov Jasurbek
27 noya 2015
Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri 25 mamlakat futbolchi, sobiq futbolchi va murabbiylari o'rtasida so'rov o'tkazdi.

So'rovdan maqsad yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga kim sazovor bo'lishini aniqlash edi.

So'rovnomada 100 kishi ishtirok etdi, ularning 32 nafari - futbolchi, 40 nafari sobiq futbolchi va 28 nafari murabbiy.

So'rov natijalariga ko'ra, ko'pchilik "Oltin to'p" uchun munosib nomzod sifatida "Barselona" hujumchisi Lionel Messini ko'rishmoqda. U 82,4% ovoz yig'di.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo