

Ushbu bahs oldidan yosh “Gazchilar” yarim himoyachisi Munimirmuxsin Yusupov o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugun bizga g'alaba suv va havodek zarur. Ushbu bahsga har doimgidek katta e'tibor bilan tayyorgarlik ko'rdik. Nasib qilsa muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Har taraflama bugungi uchrashuvga tayyormiz. Ruhiy holatimiz yaxshi, faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz. “ Istiqlol ”ga qarshi uchrashuvda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Shuning uchun ham ushbu o'yin biz uchun juda muhim", - deydi Munimirmuxsin Yusupov




