Mundo Deportivo: Reshford ispan grandi nazariga tushgan

Kataloniyaning "Barselona" klubi Luis Suares o'rnini to'ldira oladigan hujumchi izlashda davom etmoqda.

Avvalroq, kataloniyaliklar "Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovich hamda "Atletiko" a'zosi Antuan Grizmannga qiziqib qolgani haqida xabar bergandik. "Barselona"ning short-listidan yana bir forvard  – MYU hujumchisi Markus Reshford o'rin olgan. 21 yoshli inglizning imkoniyatlari, ham texnik tomondan ham yosh borasida yuqori baholanmoqda. U istalgan top-jamoada o'ynab keta oladi, deya ma'lumot berdi Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri.

Reshfordning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan. 


Manba: Mundo Deportivo