Mundial sari ilk qadam yoxud Suriyaga qarshi o'yin tahlili

Xabaringiz bor ayni paytda yurtimizda 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Osiyo Kubogi bo'lib o'tmoqda.

A guruhidan o'rin olgan termamiz a'zolari ilk turda Suriya yoshlarini mag'lub etishdi. Quyida o'yinning kechishi, xatolar va ustun tomonlar xususida so'z yuritamiz.  

O'yinning umumiy kartinasi.


Ikkala jamoa a'zolarida ham o'yin boshida hayajon kuchliligi bilinib turdi. Bahs vakillarimizning ketma-ket hujumlari bilan boshlangan bo'lsada, suriyalik yigitlar ham qanotlardan sifatli hujumlar urishtirib turishdi. Ilk taymning o'rtalariga qadar maydonda teng kurash guvohi bo'ldik. Raqibning hujumlari asosan qanotlardan tashkil qilindi. Qanot himoyachilarimiz Zafarmurod Abdirahmatov (o'ng qanot himoyasi) va Mahmudjon Mahamadjonovlar raqib hujumi vakillarining bosimi ostida ayrim xatolarga yo'l qo'yishdi. Taym ikkinchi yarmidan boshlab nazorat to'laqonli vakillarimiz tomonga o'tdi. Markaz va chap qanot hujumidagi bog'lamlar a'lo darajada ishladi. O'ng qanot hujumi bo'yicha unday deb bo'lmaydi. Nodirbek Abdurazzoqov va Zafarmurod Abdirahmatov o'rtasida fikriy tushunmovchiliklar ro'y berib turdi. Gollarning ikkalasi ham chap qanotdan uyushtirilgan hujumlar samarasi o'laroq kiritilgani so'zimizning isboti. Markaziy hujumda harakatlangan Po'latxo'ja Xoldorxonov o'yinni yaxshi darajada o'tkazdi. Forvard garchi gol urmagan bo'lmasa ham, raqib himoya vakillarini doimiy bosim ostida ushlab turdi va hujumda sheriklariga bo'sh zonalar yaratib berdi. 


Murabbiylar to'qnashuvi.


Murabbiylar jangida Ravshan Haydarov niderlandiyalik hamkasbidan ustun keldi. Eslatib o'taman, Haydarov o'yin uchun 4-2-3-1 Mark Votte esa klassik 4-4-2 sxemasini tanladi. Bilasiz Haydarov tanlagan uslubda markazda futbolchilarning zichligi evaziga ustunlik qo'lga kiritiladi (amalda ham shunday bo'ldi).

Raqamlar aldamaydi.

E'tiboringizni OFK taqdim qilgan statistik ma'lumotlarga qarataman. Quyida o'yinning issiq xaritasi (teplovaya karta).

Xaritadan ko'rinib turibdiki kurash asosan markaz va raqib tomonda kechgan.

Asosiy hujum zonalari.

Yuqorida aytganimzdek vakillarimizning asosiy hujumlar chap qanotdan tashkil qilingan. Biz tomonga esa ko'proq Mahamadjonovning qanotidan bosim bo'lgan.


To'pning harakat zonasi.

 

To'p nazorati bo'yicha kichik ustunlik Suriya yoshlari tomonda bo'lsada, ular asosan o'z yarim maydonlarida to'p bilan muomalada bo'lishgan.

Umumiy ko'rsatkichlar.


 

Zarbalar va aniq zarbalar bo'yicha ustunlik vakillarimiz tomonda. Haydarov jamoasi o'yinda zaxira resurslari bilan harakatlangandek ko'rindi. Fikrimcha Suriya bilan o'yinda yoshlarimizning bor salohiyatini ko'rmadik.

Vakillarimiz 2 turni 4 mart kuni Iroq yoshlariga qarshi o'tkazishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. Barchangizni Bunyodkor stadioniga taklif qilib qolamiz.

 

Jaloliddin Xalilov.


Manba: championat.asia