Mulohaza uchun mavzu: Bayrog'imiz aslida qanday?

Narzulla Saydullayev
17 apr 2026, 12:30
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i haqidagi qonun 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan va har yili shu sanada nishonlanadi.

Qonunning 1-moddasi bilan Davlat bayrog'ining sxematik va rangli tasviri tasdiqlangan. Unda barcha o'lchovlar, oy va yulduzlar orasidagi masofalar aniq ko'rsatilgan.

1.jpg

Lekin keyinchalik, bayroqda tasvirlangan yangi oyning shakli o'zgarib qoldi, aniqrog'i – u “to'lishdi”.

2.jpg

Sportchilarimizning olamshumul g'alabalari tufayli bayrog'imiz jahon arenalarida hilpiramoqda. Lekin negadir, qonunda belgilangan o'lchovlar bilan emas, o'sha “to'lishgan”, yani egniga kengaygan yangi oy tasviri bilan. Jumladan, FIFA va OFK tasarrufidagi musobaqlarda biz shunga duch kelmoqdamiz.

3.jpg4.jpg5.jpg6.jpg7.jpg

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo'l oldi va 2 oydan so'ng boshlanadigan musobaqada butun dunyo biz haqimizda gapiradi, suratlar e'lon qilinadi. Jumladan bayroqlarimiz ham.

Agar qachondir bayrog'imiz tasviriga o'zgarish kiritilgan va biz bundan bexabar bo'lsak, unda muammo yo'q. Lekin o'zgarish kiritilmagan bo'lsa, unda bayrog'imizning noto'g'ri tasviri namoyish etilaveradi. Bu esa qonunning buzilishi hisoblanadi. Bunday bo'lmasligi uchun O'FA FIFAga to'g'ri tasvirli bayrog'imizni taqdim etishi lozim bo'ladi. Bu borada mutasaddilar o'z fikrlarini bildirishadi deb kutib qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia