Muhsin Nizomiddinov: "Kubok o'yinlarida rotaciyaga qo'l urib, yoshlarga imkoniyat bermoqchimiz"

Sherzod Nurmatov
8 apr 2024
Pro liga 5-turidan o'rin olgan "Olimpik-MobiUz" – "Qo'qon-1912" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Muhsin Nizomiddinov fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Avvalambor, jamoamiz nomidan Hayit ayyomi bilan tabriklaymiz! Ko'plab futbolchilarimiz ro'zador edi. Bu narsa bizga xalaqit qilishidan qo'rqib turgandim. Bugungi bahsda 1-taymda yaxshi harakat qildik, ammo ayrim joylarda bo'sh hududlar paydo bo'lib qoldi. "Olimpik-MobiUz" futbol o'ynashni biladigan, mahoratli yoshlardan iborat jamoa va ularga qarshi bunday o'ynab bo'lmaydi. 

- Jamoa tarkibida yo'qotishlar yo'qmidi?

- Ibrohim No'monov yo'q edi. U oxirgi o'yinlarda jamoani oldinga boshlagandi, ammo "Xorazm" bilan bahsda jarohat orttirib oldi. Hozirda 25 nafar futbolchimiz bor, ularning aksariyati yoshlardan iborat. Kubok o'yinlarida rotaciyaga qo'l urib, yoshlarga imkoniyat bermoqchimiz.

- Maydon holati haqida fikringiz?

- Maydon – super. Tashkilotchilik va atmosfera yuqori darajada. Yoshlar o'sishi uchun hamma sharoitlar yaratib berilmoqda. Shunaqa stadionlar har bitta viloyatda bo'lsa, "Olimpik-MobiUz" kabi yosh jamoalar ko'payadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia