Muhsin Nizomiddinov: "Hujumdagi uchta yo'qotish bizga ta’sir qilmaydi deb umid qilaman"

Narzulla Saydullayev
11 mar 2016
“Paxtakor”ga qarshi o'yindan oldin ,”Qo'qon-1912” jamoasi katta murabbiyi Muhsin Nizomiddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Biz bugungi o'yinga tayyormiz. Albatta “Paxtakor” ancha nomdor jamoa. Lekin bugun futbolchilarimiz “Paxtakor”ning jarangli nomidan cho'chimasdan, ko'rsatmalarimizni bajarishsa o'ylaymanki ijobiy natija bilan qaytamiz.

Hujum chizig'imizda Navro'zbek Alimov, Otabek Haydarov va Nosir Otaqo'zievning bizga yordam bera olmasligi biz uchun kattayo'qotish. Ammo zaxiramizda ham anchagina yaxshi futbolchilarimiz bor. Bugun ularga imkoniyat bo'ladi, o'ylaymanki qolgan futbolchilar o'z imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanishadi. Muxlislarimizni oldida yorug' yuz bilan qaytish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz", - deydi Nizomiddinov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia