Muhsin Nizomiddinov: "Futbolchilarimiz vaziyatni tushunib turishibdi"

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2016
“Qo'qon-1912” – “Sho'rtan” jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin Qo'qonliklar murabbiylaridan biri Muhsin Nizomiddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

-“Sho'rtan” jamoasi bilan jangavor o'yin bo'lishini kutyapman.Biz xozir qanday vaziyatda ekanligimizni barcha futbolchilar va murabbiylar shtabi yaxshi xis qilib turishibdi.  Biz 1-davrani so'nggi ikkita uchrashuvida maksimal ochko olishimiz kerak. O'tgan so'nggi 3 ta o'yinda xam jamoamiz yomon o'ynamadi. Faqat ayrim vaziyatlarda omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. Bugun omad biz tomonda bo'lishini yaratgandan so'rab turibmiz. Barchasi yaxshi bo'lib ketishiga ishonaman, - deydi Nizomiddinov.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz