Muhammadanas Hasanov: "Olimpik" ustidan muhim g'alabaga erishdik. "Paxtakor" bilan jang bo'ladi"

Iskandarov Abdulaziz
10 mar 2024
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi kecha mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

"Olimpik" bilan kechgan Toshkent derbisida "temiryo'lchilar" 3 ochkoga ega chiqdi. Uchrashuvdan so'ng mehmonlar futbolchisi Muhammadanas Hasanovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Chempionat boshlanganiga ko'p bo'lgani yo'q. Shu bois aytishim mumkinki, "Lokomotiv" o'yindan-o'yinga shakllanib boryapti. O'yinimiz bundan ham yaxshi darajaga chiqib olsa, muxlislarni yanada ko'proq xursand qilamiz. "Olimpik" ham yaxshi shakllangan jamoa edi. Muhim g'alabaga erishdik. Goldan so'ng hisobni saqlab qolishga harakat qilmadik. O'yin so'nggida gol urish uchun bir nechta yaxshi imkoniyatlarimiz bo'ldi. Hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi. Har bir o'yinda reja asosida maydonga chiqamiz. Ikkinchi o'yinda ham oxirgi daqiqalarda faol ko'rinayotgan bo'lsak, demak bu rejamizning bir qismi.  

"Paxtakor" bilan qisqacha aytganda jang bo'ladi. Shu kuni biz kuchliroq tarkib bilan o'ynaymiz. Sanjar Tursunov, Sobit Sindarovning diskvalifikaciyasi tugadi. Navbatdagi derbiga ham jiddiy hozirlik olib boramiz. Murabbiy bizdan nima talab qilayotgan bo'lsa, maksimal darajada bajarish uchun borimizni beramiz",- deydi Muhammadanas Hasanov.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia