Muhammad Saloh jarohatini davolash uchun "Liverpul"ga qaytadi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2024
Futbolchi Afrika Millatlar Kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Gana bilan o'yinning birinchi bo'limida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Bu haqda Misr Futbol Assotsiatsiyasi bayonotiga tayanib, ingliz klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Terma jamoa tibbiyot xodimlari Muhammad Salohni qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazganidan so'ng "Liverpul"dagi hamkasblari bilan muloqot qilishdi. Futbolchi davolanishini yakunlash uchun Kabo-Verde bilan o'yindan keyin Angliyaga qaytishi bo'yicha qaror qabul qilindi. 

Umid qilamizki, agar Afrika Millatlar Kubogining yarim finaliga chiqasak, u terma jamoaga qo'shiladi", – deyiladi misrliklar xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com