Muhammad Isaev va Abdurahmon Abdulhaqov "Yangier-quruvchi"ga kelib qo'shildi

Alisher
28 iyul 2022, 16:21
Pro liga ishtirokchisi "Yangier-quruvchi" klubi o'z safini kuchaytirishda davom etmoqda.

Klub o'z safiga ikki nafar yangi futbolchilarni qo'shib olgan. Xususan, Tojikistonning "Istiqlol" klubida o'ynagan yarim himoyachi Muhammad Isaev va "Mashal"dan Abdurahmon Abdulhaqov jamoa safiga kelib qo'shilgan.

Har ikki futbolchi kecha "Mashal"ga qarshi o'tkazilgan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va tez orada klub yangi futbolchilarni qo'shib olgani borasida ma'lumot beradi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia