Muhammad Al Sahlavi: "Chorak final masalasini O'zbekiston bilan o'yin hal qiladi"

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2015
KXDR - Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yindan so'ng (1:4) arablar safida ikkita gol urgan Muhammad Al Sahlavi quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Biz mamlakatimiz uchun ajoyib natijaga erishdik. Asosiysi nechta gol urishimiz emas, uch ochkoni qo'lga kiritish edi. KXDRga qarshi bahsda ikkita gol urganimdan xursandman. Jamoamning g'alabasiga xissa qo'shganimdan baxtliman. Yaratganga va oilamga rahmat. Guruhdan chiqish borasida hozir hech nima deya olmayman. O'zbekistonga qarshi bahs barchasini hal qiladi. Biz oxirgi imkoniyat qolguniga qadar kurashamiz", - deydi Al Sahlavi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin 18 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia