

OAV uchun mutlaqo yopiq bo'lgan mashg'ulotlar O'FF matbuot xizmati tomonidan yoritildi.
Unga ko'ra bugungi mashg'ulotlarga Qozog'istonning "Ordabasi" klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'yin 6 oktyabr kuni soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.



