Moji: "Peres menga YCHL yutilgan taqdirda ham Anchelottini ishdan bo'shatishini aytgan edi"
Aslanov Jasurbek
17 iyun 2015
"Real" sobiq bosh murabbiyi Karlon Anchelotti YCHLda g'alaba qozonganida ham klubni tark etgan bo'lar edi.
Bu haqda "Yuventus" bosh direktori Luchano Moji ma'lum qildi.
"Real" prezidenti Florentino Peres menga jamoa YCHLda g'alaba qozonsa ham Anchelottini ishdan haydashini aytgan edi. Shu sababli Benites uni o'rnini egallashi kerak" - deydi Moji.