Mozes Nigeriyada yil futbolchisi deb topildi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 19:15
"Chelsi" va Nigeriya terma jamoasi yarim himoyachisi Viktor Mozes o'z vatanida mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan yil futbolchisi deb topildi.

Mozes o'tgan mavsum "aristokratlar"ning muvaffaqiyatida katta xissa qo'shdi hamda milliy terma jamoasini JCH-2018ga olib chiqishda katta foyda keltirdi.

27 yoshli futbolchi avvalgi mavsumda "Chelsi"ga APLda rekord darajada g'alabani qo'lga kiritishga, Angliya Kubogida finalga chiqishga yordam berdi. JCH-2018 saralash bosqichida Mozes Nigeriya terma jamoasining eng yaxshi to'purari bo'ldi (3ta gol).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com