Moyes "Vest Xem"ning qishki transfer oynasidagi rejalari bilan bo'lishdi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2021, 20:58
"Vest Xem" ustozi Devid Moyes jamoani kuchaytirish haqida berilgan savollarga javob berdi.

“Bazi bir himoyachilarda jarohatlar bor, shuning uchun bu bizni boshqacha harakat qilishga majbur qilishi mumkin. Hujumchi sotib olishga umid qilgandik, hatto yozgi oynada ham bu borada muammoga duch keldik, lekin alohida aytishim kerak, bu degani yanvarda hammasi yaxshi bo'ladi degani emas”, – dedi Moyes.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda himoyachilar Kurt Zuma va Anjelo Ogbonna jarohatlanganlar ro'yxatida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com