Mourinyuning asosiy futbolchisi ham Saudiya Arabistoniga yo'l olmoqda

Mirjalol Normatov
6 avg 2023, 18:51
"Al Ahli" "Roma" bilan Rojer Ibanes borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.

Yozda Riyod Maxrez, Roberto Firmino, Eduar Mendi hamda Allan Sen-Maksimen bilan shartnoma imzolagan "Al Ahli" yaqin vaqtlar ichida Rojer Ibanesni ham tarkibiga qo'shib olmoqchi.

O'tgan 3 mavsum mobaynida Rim klubining asosiy himoyachisi bo'lgan Ibanesning kyetishi "Roma" himoyasini zaiflashtirishi mumkin.

Braziliyalik 24 yoshli futbolchi "Roma" tarkibida 149 o'yinda 10 gol va 2 assist qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal