Mourinyu yirik g'alabadan keyin "Roma" hujumchilari haqida gapirdi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2022
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Yevropa Ligasi 2-turidan o'rin olgan XIK bilan (3:0) o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirdi.

"Dibala bosimni olib tashladi, sababi tanaffusdan keyin darhol gol urdi. O'ylashimcha, jamoa ikkinchi taymga boshqacha munosabatda bo'ldi. 

Birichni taymda raqib 10 kishi edi, ammo xuddi futbolchilar soni tengdek o'ynadik. Juda ham passiv bo'ldik. 

Ikkinchi taymda barchasi o'zgardi. O'yinni yaxshilash ustida ishlayapmiz. To'p harakati tezligini oshirishimiz kerak. 

Hujumchilarimiz yanada aniqroq o'ynashlari kerak, juda ko'p imkoniyatlarni ko'kka sovuryapmiz, - dedi Mourinyu UEFA matbuot xizmatiga.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com