Mourinyu: "Tottenxem", "Ayaks" va "Portu" CHLda uzoqqa borishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
8 mar 2019
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar ligasining joriy mavsumida qaysi jamoa syurpriz bo'lishi mumkinligini aytdi.

"Barcha chorak final ishtirokchilari muvaffaqiyat uchun teng imkoniyatga ega. Ikki yetakchi "Real" va PSJ turnirni tark etdi, bir haftadan so'ng omadsizlar safiga "Bavariya" yoki "Liverpul" qo'shiladi.

"Tottenxem" uzoqqa borishi mumkin, ammo "Ayaks" va "Portu"ni ham unutmaslik kerak. Bu jamoalar Chempionlar ligasida sensaciya qayd etishga qodir" - deydi Mourinyu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT