Mourinyu "Roma" boshqaruvidagi ilk o'yinida 10:0 hisobida g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2021
Joze Mourinyu "Roma" bilan ilk o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

"Roma" 10:0 "Montekatini"

15 iyul kuni, Joze Mourinyu qo'l ostidagi "Roma" jamoasi o'zining ilk o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi. Raqib odmigina "Montekatini" klubi bo'ldi. "Roma" va Mourinyu ushbu uchrashuvda 10:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Borxa Mayoral xet-trikga erishgan bo'lsa, Karles Peres, Janluka Manchini, Rikkardo Kalafori, Nikolo Zanolo, Nikola Zalevski i Amadu Diavaralar bittadan gol urishgan. Bitta avtogol qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu 1 iyul kuni "Roma" bosh murabbiyi etib tayinlangandi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia