"Mourinyu miyangizga qanday kirib borishni biladi"

Tolibjon Qosimov
7 avg 2024, 16:17
Zlatan Ibragimovich Joze Mourinyuning murabbiylik sifatlariga yuqori baho berdi.

"Joze haqiqiy mashina edi. U sizdagi eng yaxshi hislatlarni ochib beradi.

U manipulyator. Miyangizga qanday kirib borishni biladi. Sizning darajangizdan qati nazar siz bilan qanday munosabatda bo'lishni biladi.

U menga Kapelloni eslatadi. Lekin, zamonaviyroq variantini. Intizom, qattiq qo'l, intensiv. Yumshoq odamlardan emas. Bu menga yoqadigan hislat.

Qayerdan ekanligimni bilasizmi? Mening oilam - kuchli odamlar", - dedi Zlatan.


Ibragimovich "Inter" va "Manchester Yunayted"da Joze Mourinyu qo'l ostida to'p tepgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: nytimes.com