Mourinyu: "Ishonmasligingiz mumkin, bahsning 5-daqiqasidayoq g'alaba qozonishimizni bildim"

Mirjalol Normatov
24 dek 2023, 13:59
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu A Seriya doirasida "Napoli"ga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.

Matteo Poltino va Viktor Osimxenning qizil kartochkalari sababli neapolliklar bahsni 9 kishi bo'lib yakunlandi. 

"O'yin qiyin o'tdi. Ishonmasligingiz mumkin, bahsning 5-daqiqasidayoq g'alaba qozonishimizni bildim. Teng tarkib bilan "Roma" yaxshi o'ynadi va birinchi bo'limda ikkita yaxshi vaziyatlarini golga aylantira olmadi. Shuningdek, jamoa doimo o'zidan kuchli raqiblarga qarshi bahslarni nazorat qilib turgan.

Raqib 10 kishi bo'lib qolganida biz vaziyatdan foydalandik. Shuningdek, o'zgarishlar ham samara berdi va futbolchilar barchasini boshqarib turishdi. G'alabaga haqli edik deb o'ylayman", - dedi Mourinyu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia