Mourinyu evrokuboklardagi o'z rekordini yangiladi va tarixiy natijaga erishdi

Eldor Akmurzayev
17 apr 2022
Konferenciyalar Ligasi chorak finalida “Roma” “Budyo-Glimt”ni ikki o'yin natijasiga ko'ra, 5:2 hisobida taslim etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.

Portugaliyalik 11-marotaba evrokuboklar yarim finaliga yo'l oldi va bu borada o'z rekordini yangiladi. Undan keyingi o'rinlarda esa Pep Gvardiola (10 ta), Karlo Anchelotti (9 ta) Aleks Fergyuson va Yupp Xaynkes (ikkisida 8 tadan) bormoqda.

Shuningdek, 59 yoshli mutaxassis YCHL, Yevropa Ligasi hamda Konferenciyalar Ligasi yarim finaliga chiqqan ilk murabbiyga aylandi.

Ma'lumot o'rnida, A Seriya klublari 2010 yildan beri evrokuboklarda g'olib bo'la olmayapti. Hozircha oxirgi titul ham aynan Joze hisobida ("Inter" bilan YCHL) va u bu noxush ananani ham aynan o'zi buzishi mumkin.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca