Mourinyu Abrahamga A Seriya uchun qanday vazifa yuklagani ma'lum

Eldor Akmurzayev
22 dek 2021
"Kalyari" sobiq hujumchisi Robert Akvafreska “Roma” ustozi Joze Mourinyu hujumchi Temmi Abrahamga Italiya chempionati ushbu mavsumi uchun ma'lum vazifa yuklagani haqida gapirdi.

“Roma”ning “Atalanta” ustidan qozongan 4:1 hisobidagi g'alabasi katta ishonch bag'ishlaydi, bu rimliklar uchun chempionatni qaytadan ochish imkonini beradi. Futbolchilarda ishonch ortib bormoqda. Temmi Abraham Bergamoda dublga erishdi? Joze Mourinyu unga chempionatda 20 ta gol urishni yuklagani haqida eshitdim. Ingliz hujumchisi ushbu maqsad sari intilishi kerak”, deydi Akvafreska.

24 yoshli forvard joriy mavsum A Seriyada 17 o'yinda qatnashib, hozircha o'z hisobiga 6 ta gol yozdira oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports