

Joze Mourinyoning sobiq yordamchisi, 42 yoshli Rui Fariya “Benfika”ni boshqarishga juda yaqin. Jamoaning amaldagi bosh murabbiy Rui Vitoriya tez orada iste'foga chiqadi.
Ma'lumot uchun Fariya Mourinyo bilan birga 2001 yildan boshlab birga ishlab kelayotgan edi. O'tgan hafta esa u “Manchester Yunayted”dan ketishini e'lon qildi.



