MYUdan ketgan murabbiy o'z faoliyatini boshlashga yaqin

Mirjalol Normatov
10 okt 2018
2001-2018 yillarda Joze Mourinyoga yordam bergan Rui Fariya "Aston Villa" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

"The Sun" xabariga ko'ra, birmingemliklar 43 yoshli mutaxassis bilan shartnoma shartlarini kelishib qo'yishgan. Aytilishicha, portugaliyalikning asosiy talabi - Jon Terrining murabbiylar shtabiga kirishi bo'lgan.

Oldinroq Terri Anri "Aston Villa"ni boshqarishdan bosh tortgani borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun