

"Qizil iblislar" ustozi ishda qattiqo'l, biroq oilada juda mehribon inson.
Mourinyoning xotini Matilda Lissabonda operaciya qilinishi kerak bo'lib qoldi. Seu Joze o'z xotinini yonida bo'lishni istadi, biroq ishini ham unutgani yo'q. Matildani 28 dekabr kuni shifoxonaga olib ketishdi. Mourinyo darhol shaxsiy samolyotida yetib bordi. Turmush o'rtog'ining yonida bo'lib 28dan 29 dekabrga o'tar kechasi Manchesterga qaytdi.

Mourinyo Lissabonga uchib keldi
Ertalab jamoa bilan mashg'ulot o'tkazib kechki payt yana Portugaliyaga uchib bordi. 30 dekabr kuni tongda u MYU mashg'ulotini o'tkazdi va "Middlsbro" bilan bahsdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Kecha Mourinyo shogirdlari qiyin o'tgan bahsda 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.



