Mourinyo: "Haqiqiy Ronaldo haqida gapirdim, sababi u birinchi edi"

Tolibjon Qosimov
8 avg 2013
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Krishtianu Ronaldu va Ronaldo haqidagi gaplariga izoh berdi, deb xabar bermoqda ispan OAV.
Eslatib o'tamiz, Mourinyo quydagicha gapirgandi: "30 yoshimda Ronaldoni shug'ullantirgandim, Krishtianu emas, haqiqiy, braziliyalik Ronaldoni". Ronaldu esa murabbiyning bu gapiga o'z fikrini bildirmasligini aytgandi.

"Men Ronaldu nima deganini bilmayman, bu meni muammoim emas. "Chelsi"ga bor kuchimni berayapman va "Real"ga barcha yaxshi tilaklarni bildiraman. Haqiqiy Ronaldo haqida aytganlarimga kelsak, bu gapim bilan uni birinchi bo'lganini aytgandim. Agar mendan haqiqiy Myuller haqida so'rashsa, men Gerdni aytaman, Tomasni emas. Barcha gap so'zlarni Madriddagilar to'qib chiqarishgan", - deydi Mourinyo.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com