Mourinyo "Barselona" futbolchisini MYUga olib kelmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
10 okt 2017
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Joze Mourinyo Barselona futbolchisi Serxi Robertoni o'z tarkibida ko'rmoqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, portugaliyalik murabbiy Robertoning o'yinlariga muxlis hisoblanadi. Shuning uchun, qanday qilib bo'lmasin, ispaniyalik yosh futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Serxi Robertoning shartnomasidagi transfer summasi 36 million funtni tashkil qiladi.

Avvalroq, futbolchiga "Manchester Siti" tomonidan qiziqish bildirilayotgandi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: express.co.uk