Mourinyo: "Agarda Venger uni hurmat qilganimning yarmichalik menga hurmat ko'rsatsa, biz do'st bo'lib qolamiz"

Mirjalol Normatov
26 apr 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Arsen Venger bilan do'st bo'lib qolishga tayyor.

"Agarda Venger uni hurmat qilganimning yarmichalik menga hurmat ko'rsatsa, biz kelajakda do'st bo'lib qolamiz. Uni qattiq hurmat qilaman.

Haqiqat shunday: men 2004 yilda Angliyaga kelganman, u "Arsenal" bilan chempion bo'lgandi, men esa undan g'oliblikni tortib oldim. Bu futbol.

O'shanda ham men uni hurmat qilardim. So'nggi yillarda men buni yaxshilashga intildim. Oramizda hech qanday yomon gaplar bo'lmadi. Adovatlar faoliyatimning oldingi qismida bo'lgandi.

Ser Aleks Fergyusondan keyin APLning yana bir eng yaxshi insoni ligadan ketayotganiga achinyapman", - dedi Mourinyo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eurosport.com