Moskvalik taksichilarga ingliz tilini o'rganish maslahat berildi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2017
Moskva meri o'rinbosari, transport va yo'l-transport tuzilmasini rivojlantirish departameni rahbari Maksim Liksutovning so'zlariga ko'ra, rahbariyat taskichilarga ingliz tilini o'rganishni maslahat berdi.

"JCH-2018gacha haydovchilarga ingliz tilidagi standart so'zlarni yodlashni maslahat beryapmiz. Masalan, ular chet ellik turistlarga tariflarni, yo'l vaqti yoki ko'rsatilgan joygacha qisqa yo'llarni tushuntirishlari kerak.

Vazifani engillashtirish uchun maxsus eslatmalar ishlab chiqdik. Ularda ingliz-rus so'zlari, uchrashuvlar jadvali, stadion atrofidagi avtoturargohlar rejasi, maxsus xizmatlar telefon raqamlari va haydovchilarga xavfsiz eltish maslahatlari bor" - deydi Liksutov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com