Moriyasu Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib qoladi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2022
Chorshanba kuni Yaponiya Futbol Associaciyasi yig'ilish o'tkazdi.

Unda JCH 1/8 finaliga olib chiqqan murabbiy Xajime Moriyasu ishi ko'rib chiqildi. Yakunda mutasaddilar murabbiyni lavozimida qoldirishga qaror qildi.

54 yoshli mutaxassisga milliy termani AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi JCHga tayyorlash ishonib topshirildi.

Moriyasu shu paytga qadar "Sanfrechche Xirosima" ustozi sifatida Jey Ligada 3 marta g'olib chiqqan. Yaponiya termasi boshvaruviga esa JCH-2018dan keyin kelgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Kyodo News