Morentes: "Barselona" tomonidan chempionlik yo'lakchasi - hurmatga bog'liq savol"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2017
"Real" sobiq hujumchisi Fernando Morentesning fikricha, "Barselona" LaLiganing 17-turida "Real"ga chempionlik yo'lakchasi yaratib berishi kerak.

Zinedin Zidan shogirdlari BAAda bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lishdi, ammo Kataloniya klubi ularni tabriklamoqchi emas.

"Bu yozilmagan qonun. Hech kim chempionlik yo'lakchasi tashkil etishga majbur emas, ammo bu hurmatga bog'liq savol. Bu keyingi avlod uchun yaxshi namuna bo'lardi. Buni bosiqlik bilan qabul qilish kerak. "Real"ga ham shunday degan bo'lardim" - deydi Morentes.

"Real" - "Barselona" uchrashuvi 23 dekabr kuni "Qirollik klubi" maydonida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca