Morata: "Agar "Real"da o'ynaganimda, qizil kartochka olmas edim"

Alisher
15 noya 2019
"Atletiko" forvardi Alvaro Morata La Liga 6-turi doirasidagi "Malorka" (2:0)ga qarshi o'yinda qizil kartochka olganiga izoh berdi.

"Agar men "Real" o'yinchisi bo'lganimda, hammasi boshqacharoq bo'lar edi. Aytmoqchimanki, qizil kartochka olmas edim", - deydi Alvaro Morata.

Eslatib o'tamiz, Morata "Real"da 5 mavsum o'ynagan.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 1ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Marca